AsosiyIqtisodiyot

OTMK mis va rangli metallar  ishlab chiqarish hajmini keskin oshiradi

'OTMK mis va rangli metallar  ishlab chiqarish hajmini keskin oshiradi'ning rasmi

Olmaliq tog`-metallurgiya kombinati 2023 yilgacha mis va rangli metallar ishlab chiqarishni oshirmoqchi. Bu maqsadga mis eritish zavodi ishlab chiqarilishini modernizasiya qilish bo`yicha oltita  yirik loyihani amalga oshirish hisobidan erishiladi. 

OTMKning  mis eritish zavodi nafaqat O`zbekiston miqyosida, balki dunyoda  shu turdagi eng yirik ob`ektlardan biri sanaladi. Bu erdamis sulfidli konsentratidan katodli mis, oltin, kumush, reniy, molibden, selen, tellur, shuningdek, oltingugurt kislotasi  va  mis kuporosi olinadi. 

Joriy yilda korxonada  ko`p yillik rekord yangilandi. Ya`ni, har oyda katodli mis ishlab chiqarish hajmi 13 ming tonnadan oshdi. Shunga qadar maksimal ko`rsatkich 12860 tonnani tashkil qilgan bo`lib, bunga 1985 yilning  mart oyida erishilgan edi. 

Mis eritish zavodida  modernizasiya,  texnik va texnologik qayta jihozlash  dasturi doirasidagi ishlar boshlangan. Yaqin orada bu erda zavodning  ishlab chiqarishini mutlaqo qayta ishga tushirishga mo`ljallangan oltita  loyihani  tadbiq etish rejalashtirilgan. Xususan, 120 ming tonna katodli mis quvvatiga ega bo`lganVanyukov pechini qurish belgilangan. Hozirda  zavodda 70 ming tonna quvvatga ega va 2016 yilda ishga tushirilgan shu kabi birta pech mavjud. 

“Yana birta Vanyukov pechini qurish hisobidan ishlab chiqarishnimodernizasiya qilish bo`yicha qarorimiz tasodifan qabul qilingani yo`q. Buning sababi - texnologik jarayonning bir xilligini saqlab qolishdan  iborat. Bundan tashqari, ikkala pechning  bir-birovinialmashtira olishi ham hisobga olindi.Bu jarayon bilan parallel ravishda 25-40 ming soat ishlash zahirasiga ega va kislorod chastotasi 92-98% bo`lgan kislorod stansiyasini  barpo etish masalasi ko`rib chiqilmoqda”, - deb aytdi OTMK mis eritish zavodi direktori Baxtiyor Vaqqosov. 

Zavodda  shuningdek, Germaniyaning Outotek GmbH kompaniyasi jihozlari bilan  ta`minlanganbeshinchi oltingugurt kislotasi sexiniqurish rejasi mavjud.  U yilida 600 ming tonna sulfat kislotasini ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`ladi. 

Bundan tashqari, Vaqqosovning  aytishicha, metallurgiya ishlab chiqarishning  konvertor-kislota bo`limi ham modernizasiya qilinadi. Jumladan, navbatdagi beshinchi  konvertorlipechni  qurish va uning  sig`imini 75 ming  tonnaqora mis ishlab chiqarishdan 100 ming tonnaga etkazish ko`zda tutilgan. Yangi pech gazlarni tozalash bo`yicha zamonaviy elektrofiltlar bilan ta`minlanadi. 

“Mis eritish zavodini modernizasiya qilish doirasida Glencore kompaniyasi ishtirokida har birining sig`imi 250 tonnani tashkil etadigan ikkita anodli pech barpo etiladi. Texnik qayta  jihozlash bosqichida 250 ming tonna  katodli mis tayyorlash quvvatiga ega yangi mis elektrolizi sexi yaratiladi ", – deb ta`kidladi suhbatdoshimiz. 

Yuqorida ko`rsatilgan  barcha loyihalar orqali 2023  yilga kelib bir yilda 250 ming tonna katodli mis va 120 ming tonna metalli mis, shuningdek,  qimmatbaho va noyob metallar ishlab chiqarilishini keskin oshirish,minglab yangi ish  o`rinlarini  yaratish imkoniyati  paydo bo`ladi.

Ayni paytda zavodda loyihalarning aniq ijrochilarini tanlov asosida saralab olish ishlari amalga oshirilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar