O`zbekiston tomoni taklifiga ko`ra Xitoy Davlat taraqqiyot banki (XDTB) raisining muovini Li Yuting xonim bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda "O`zbekneftgaz" AJ ma`lum qilmoqda.
Uchrashuv doirasida O`zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan XDTB tomonidan moliyalashtirilgan investisiya loyihalari, xususan, "Surg`il koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasini qurish" va "Sho`rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani asosida suyultirilgan sintetik yoqilg`i ishlab chiqarish" investision loyihalari muhokama qilindi.
Delegasiya O`zbekistondagi GTL zavodining qurilish maydonchasiga tashrif buyurib, loyiha bo`yicha olib borilayotgan ishlar va erishilgan yutuqlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida "O`zbekiston GTL" MChJ vakillari qurilish-montaj ishlarining bugungi holati bo`yicha ma`lumotlarni taqdim etdilar. Shuningdek, tomonlar "Sho`rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani asosida suyultirilgan sintetik yoqilg`i ishlab chiqarish" investisiya loyihasi doirasida o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Ma`lumot uchun: hozirgi kunda qurilish maydoniga 897 ta 1,045 ta (jami 85,8 foiz) asbob-uskunalar kelib tushgan bo`lib, ulardan 479 tasi texnologik zonaga o`rnatilgan (umumiy og`irligi 26,7 ming tonna yoki etkazib berilgan uskunalar umumiy hajmining 54,0 foizi). Fishera-Tropsha reaktorlarining tayyorligi 98.6 foizni tashkil etadi. Fishera-Tropsha reaktorlarining gidro-sinovlari yakunlandi.