AsosiyDunyo

Vertolyot qulashi oqibatida besh kishi halok bo`ldi

'Vertolyot qulashi oqibatida besh kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, Fransiyaning janubi-sharqida hududida, qutqaruv missiyasi paytida, vertolyot halokatga uchragan va uch nafar ishchi halok bo`lgan. Bu haqda reuters.comga tayanib xabar berildi.

 Bundan tashqari  yana ikki kishi mintaqaning kuchli suv toshqini oqibatida halok bo`ldi.

EC145 qutqaruv vertolyoti Var tepalikdagi  Le Lyuk – Le Karnet tomon yo`l olganida nazorat qiluvchilar bilan radio va radar aloqasini yo`qotgan.

Mahalliy ma`murlar to`fon tufayli ikki kishining o`limi haqida xabar berishdi.

Fransiyaning O`rta er dengizi sohilida so`nggi bir hafta davomida kuchli yomg`ir yog`di, bu jiddiy suv toshqini va transportlarning buzilishiga olib keldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar