Ford kompaniyasi avtomobillarni masofadan turib boshqarish bo`yicha texnologiya ustida ishlamoqda, deya xabar berdi daryo.uz mail.ruga asoslanib.
Ayni paytda sinovdan o`tkazilayotgan texnologiya haydovchidan har qanday uzolikdagi avtomobilni boshqarish imkonini beradi, buning uchun to`rtinchi avlod tarmog`i zarur, xolos.
Ford tadqiqotlar va texnologiyalar markazi Sudipto Aich dasturiy ta`minotini sinovdan muvaffaqiyatli o`tkazdi. 2400 km uzoqlikdagi avtomobil rul va pedallardan iborat oddiy o`yin manipulyatori yordamida boshqarildi.
Ushbu texnologiya mashinani avtonom boshqarish o`rnini bosa olmaydi, albatta. U avtomobillar turar joylariga mashinalarni kirgizib, joylashtirish yoki u erdan egasiga chiqarib berish kabi holatlarda istiqbolga ega.





