AsosiyJamiyat

Internet orqali chorasiz qolgani aytilgan Chilonzordagi masjid yonida yurgan onaxon qidirib topildi, Shuningdek... (foto)

28-noyabr kuni internet tarmog`ida tarqalgan videoda muallif Chilonzor tumanidagi masjid y...

'Internet orqali chorasiz qolgani aytilgan Chilonzordagi masjid yonida yurgan onaxon qidirib topildi, Shuningdek... (foto)'ning rasmi

28-noyabr kuni internet tarmog`ida tarqalgan videoda muallif Chilonzor tumanidagi masjid yonida tilanchilik qilayotgan ayolga yordam berishga chaqirgan edi. Toshkent shahar IIBB ushbu holatni tezkor nazoratga olinganini ma`lum qildi.

Unga ko`ra, xabar paydo bo`lgan kunning o`zida Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari masjid tomon yo`l olishdi. Sovuqotib qolgan ayolni eng yaqin mahalla fuqarolar yig`ini – «Yakkabog`» mahallasiga keltirdilar va issiq choy berib, uning kimligi, qaerdan kelganligi va qanday yordamga muhtojligi haqida so`radilar. Ayolning gaplariga qaraganda, uning ismi Parida-opa, yoshi 76 da, Jizzax viloyatida tug`ilgan. Uning uyi yong`in oqibatida qulab tushgach, u farzandlari va nevaralari bilan Toshkentga ko`chib kelgan. Poytaxtda ular ijaradagi xonadonda yashashadi, farzandlari ishsiz, oila og`ir moliyaviy ahvolda qolganligi sababli u har kuni masjid yonida tilanchilik qilishga majbur bo`layapti.

IIO FMBning ayollar masalalari bo`yicha xodimalari Parida-opani Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish markaziga vaqtinchalik joylab, jizzaxlik hamkasblari bilan bog`lanishdi. Olib borilgan ishlar davomida ma`lumotlarning bir qismi tasdiqlandi: Parida K. 1943 yilda Jizzax viloyati Do`stlik tumanida tug`ilgan, hozirda u erda qizi M.J. istiqomat qiladi. 3-dekabr kuni fuqaroga yordam ko`rsatish bo`yicha ishlarni Jizzax viloyati Do`stlik tumani IIB o`z bo`yniga oldi.  

Parida K.ning yashash sharoiti o`rganilgach, uning oilaviy sharoiti yaxshi emasligi ma`lum bo`ldi: farzandlari uni parvarish qilmaydilar, ba`zi sharoitlar sababli har doim ham onasidan xabar olish imkoniyatlari yo`q. Uysiz qolganliklari sababli oilaviy holat yanada qiyinlashgan. Hozirgi vaqtda Parida-opa qizi M.J.ning qarovida. Jizzaxlik hamkasblarimiz ma`lum qilishlaricha, Parida-opaga yordam ko`rsatish ishlarida Do`stlik tumani hokimi o`rinbosari G. Xolmurodov, ushbu tuman «Chinobod» MFY raisi M. Saidov va ayollar masalalari bo`yicha profilaktika inspektori leytenant N. Rasulova ishtirok etishmoqda. Parida K.ning pensiya ta`minoti va stasionar davolanishga joylash masalasi hal qilinmoqda.  

Boshqa yangiliklar