1

Toshkent shahar hokimligidan tadbirkor foydasiga 3,2 mlrd so`m kompensasiya undirildi

Jamiyat 07.12.2019, 18:55
Toshkent shahar hokimligidan tadbirkor foydasiga 3,2 mlrd so`m kompensasiya undirildi

Toshkent shahar hokimligidan bino buzilishi natijasida yuzaga kelgan qarzi tadbirkor foydasiga undirib berildi. Bu haqda «Daryo»ga Biznes-Ombudsman matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Toshkent shahar hokimining 2019 yil 12 maydagi qarori bilan «O`zavtotexxizmat» MChJga tegishli Toshkent shahar Yashnobod tumani, Olmaliq halqasi, 1-uyda joylashgan ob`ektning bir qismi 486 kvadrat metr qurilish osti maydonida joylashgan umumiy maydoni 1 458 kvadrat metr bo`lgan bino kompensasiya to`lovlari to`lanmasdan buzilgan. Bu bilan tadbirkorning konstitusiyaviy huquqlari buzilgan.

Prezidentning 2019 yil 13 avgustdagi Farmoni bilan Biznes-Ombudsmanga xususiy mulkdorlarga ularning huquqlarini buzgan holda zarar etkazilishiga, shu jumladan, mulk huquqini noqonuniy cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilishga yo`l qo`yilmasligi ustidan tizimli nazorat o`rnatish hamda mansabdor shaxslar tomonidan suiiste`mol va qonunbuzarlik holatlarining oldini olish va bunga yo`l qo`ymaslik yuzasidan zarur choralarni ko`rish vazifalari yuklatilgan.

Yuqorida ko`rsatib o`tilgan holat bo`yicha Toshkent tumanlararo sudiga da`vo ariza kiritilgan. Kiritilgan da`voga asosan Toshkent shahar hokimligidan «O`zavtotexxizmat» MChJ foydasiga 3 milliard 210 million so`m kompensasiya undirish va 486 kvadrat metrga teng er maydonini ajratish majburiyati yuklangan va hozirda summa to`liqligicha tadbirkorga undirilishi ta`minlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1