Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong`in xavfsizligi institutida Konstitusiyamizning 27 yilligiga bag`ishlangan "Konstitusiya - faxrimiz, milliy g`ururimiz!" mavzusida tantanali tadbir o`tkazildi.

Tadbirni Institut boshlig`ining o`rinbosari polkovnik Choriyor Xo`janov ochib, Shavkat Mirziyoev rahnomaligida asosiy qonunimiz negizida yaratilgan Harakatlar strategiyasi bugungi kunda Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko`tarishda, innovasion va industrial rivojlanish sari odimlashda beqiyos o`rin egallagani, yurtboshimizning “Xalq boy bo`lsa - davlat boy va qudratli bo`ladi” – degan g`oyasi mamlakatimizda inson manfaati, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat ekanligi jahonning ko`plab davlatlari tomonidan e`tirof etilganini alohida ta`kidladi.
Shundan so`ng so`zga chiqqan Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktoriJumanazar Xolmo`minov hamda Institutning Kasbiy boshqaruv va huquq kafedrasi dosenti, yuridik fanlari nomzodi Bori Akramxodjaevlaro`z ma`ruzalarida Konstitusiya fuqarolarning huquq va majburiyatlari majmuasi ekanligi, uni bilib va amal qilib yashash insonning kundalik turmushi va oilaviy farovonligining kaliti ekanligini shu bilan birga jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, xususan Konstitusiyamizning muhim jihatlarini yoshlarimizga o`rgatish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri bo`lib qolayotganligini ta`kidladilar.
Yoshlarimiz bugun barcha jabhada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar hamda yangilanishlar zamirida, eng avvalo, fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlarini himoya qilish, jamiyatda qonun va qonuniylik ustuvorligini kafolatlash, xalqimizning tinch, farovon, rozilik hamda minnatdorlik hissi bilan yashashini ta`minlashdek ulug` maqsadlar mujassamligini chuqur anglab etayotir deydi – Institutning boshlang`ich tashkiloti etakchisi leytenant Rustam Choriev.
Tadbir so`ngida esa Institutning “Ma`naviyat va ma`rifat” markazi boshlig`i podpolkovnik Savriddin Najmiev hamda safdor Saidjon Muqimov, safdor Nurjigit Xoldorovlar ijrosidagi jonajon Ona Vatanimizni madh etuvchi kuy-qo`shiqlar tadbir qatnashchilarini xushnud etdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Yong`in xavfsizligi instituti
matbuot xizmati






