1

Shoabdumalik ota yodgorligi Toshkent viloyatida o`rab olingan arxeologik yodgorlikning birinchisi bo`ldi

Jamiyat 09.12.2019, 17:01
Shoabdumalik ota yodgorligi Toshkent viloyatida o`rab olingan arxeologik yodgorlikning birinchisi bo`ldi

Shoabdumalik ota yodgorligi Toshkentdan 40 km masofada Ohangaron magistralining yonida, Ohangaron daryosining o`ng qirg`og`ida joylashgan.

Yodgorlikning janubi-janubi-sharqida joylashgan aholi punkti hududida ko`p yillar davomida ruxsatsiz shudgorlash va ekin ekish ishlari olib borilgan. 2018 yildan buyon bu erda «Oltin Meros» xalqaro xayriya jamg`armasining Toshkent viloyati bo`limi tashabbusi hamda moliyaviy ko`magi bilan O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti (S.R.Ilyasova) va O`zR FA Tarix instituti (E.F.Vulfert) qo`shma ekspedisiya guruhi tomonidan kichik qidiruv ishlari olib borildi.

Ilmiy izlanishlar natijasida ushbu yodgorlikda Qoraxoniylar davriga oid (X-XI asrlar) turar-joy majmuasi topildi. Ushbu yodgorlikni saqlab qolish uchun qazilma ishlari olib borilgan umumiy maydoni 200 kv.m. joyning tepasiga ship o`rnatildi. Bu Toshkent viloyatida o`rab olingan arxeologik yodgorlikning birinchisi bo`ldi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi.

Shodmalik ota majmuasi hozirgi shaklda turistik diqqatga sazovor joy bo`lib, unga Shodmalik ota maqbarasi, arxeologik joy - ochiq osmon ostidagi muzey va stasionar arxeologik baza kiradi. Kelajakda Shodmalik ota majmuasi negizida arxeologik muzey qurilishi rejalashtirilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1