1

“O`neftgazinspeksiya” tomonidan 7 mlrd so`m miqdoridagi noqonuniy gazdan foydalanish holatlari aniqladi

Jamiyat 11.12.2019, 11:43
“O`neftgazinspeksiya” tomonidan 7 mlrd so`m miqdoridagi noqonuniy gazdan foydalanish holatlari aniqladi

Joriy yilning 2 dan 9 dekabriga qadar O`zneftgazinspeksiya, “Xududgazta`minot” AJ hamda “Uzstandart” agentligi mutaxassislari bilan birgalikda Respublikada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bo`yicha muntazam tadbirlar o`tkazildi. Tadbirlar natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra gaz ta`minoti korxonasiga 7 mlrd 439 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlandi.

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan “RUN TONG METAL INDUSTRIAL” MChJ va Angren shahridagi “Lyux granit” MChJ korxonalari tekshirilganda gaz xisoblash uchkunasiga (schetchik) tashqaridan ta`sir etkazishga sharoitlar yaratilganligi ma`lum bo`ldi. Ya`ni gaz hisoblagich xotirsadagi foydalanilgan gaz miqdori to`liq yozib borilmagan.

Hisoblash uskunalari konfigurasiyasi o`zgartirilganidan tashqari, bir necha kun davomida hisoblash uskunalari elektr ta`minotidan uzilganlik holatlari ham bo`lgan, shunga ko`ra shu vaqt mobaynida ishlatilgan tabiiy gazning sarflangan miqdori saqlanib qolmagan.

“Toshkentgaz” hududiy filiali tomonidan berilgan texnik shartga ko`ra, “RUN TONG METAL INDUSTRIAL” MChJ korxonasida tabiiy gazning umumiy soatbay sarfi 3600 metr kub / soatni tashkil etadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, tabiiy gazdan 30 kun davomida noqonuniy foydalanilganlik hajmi 2 mln 592 ming metr kubni tashkil etib, bu 1 mlrd 710 mln so`m miqdordagi zarar etkazilgan.

“Lyux granit” MChJ keramika mahsulotlarini ishlab chiqarish sexiga keladigan bo`lsak, texnik shartga ko`ra, tabiiy gazning umumiy soatlik sarfi 1683,4 metr kub / soatni tashkil etadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, tabiiy gazdan 45 kun davomida noqonuniy foydalanilgan hajmi 3 mln. 156 ming metr kubni tashkil etib, bu esa 3 mlrd 156 mln so`m miqdordagi zarar etkazilganligi ma`lum buldi.

Bundan tashqari yana bir o`g`irlik Angren shahridagi “Angren Neft Biznes” korxonasiga qarashli avtomobillarga gaz to`ldirish shoxobchasida ham aniqlandi. Ushbu korxonada gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta`sir ko`rsatilganligi aniqlanib, dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, tabiiy gazdan 53 kun davomida noqonuniy foydalanilganlik hajmi 1 mln 272 ming metr kublik, 1 mlrd 272 mln so`mlik zarar etkazgan.

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bo`yicha 10 ta issiqxona, parrandachilik xo`jaliklari, sopol buyumlar ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, boshqa faoliyat bilan shug`ullanuvchi 196 ta korxona gaz ta`minoti korxonasiga jami tabiiy gazning noqonuniy iste`moli hajmi 1 mln 301 ming metr kub (1 mlrd 118 mln so`m) ni tashkil etib, 1 mlrd 506 mln so`mdan ortiq miqdorda zarar etkazilganligi ma`lum bo`ldi.

Yuqorida ko`rsatilgan aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan xujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Tabiiy va suyultirilgan gazdan to`g`ri hamda qonuniy foydalish chora-tadbirlari davom etmoqda, deya xabar beradi “O`zneftgazinspeksiya” axborot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1