1

Yaponiyalik olimlar O`zbekiston madaniy merosni ommalashtirish loyihasini yuqori baholashmoqda

Madaniyat 16.12.2019, 12:18
Yaponiyalik olimlar O`zbekiston madaniy merosni ommalashtirish loyihasini yuqori baholashmoqda

Ayni paytda Yaponiyaning poytaxti – Tokio shahrida “O`zbekiston va Yaponiya – Buyuk ipak yo`lida” deb nomlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo`lib o`tmoqda. 

Tadbir O`zbekiston madaniy merosini saqlash, tadqiq etish va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati, O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi, O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy         assosiasiyasi, O`zbekiston Fanlar akademiyasi, O`zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan bir qator davlat, jamoat va xalqaro tashqilotlar ko`magida tashkil etildi.

Sir emaski,  keyingi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan O`zbekistonning jahon miqyosidagi nufuzini oshirish, uning tarixi, boy madaniy merosi, turistik salohiyatini targ`ib etishga katta e`tibor qaratilmoqda. O`zbekistonning uzoq va yaqin xorij mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalari tobora kengayib bormoqda. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 17-20 dekabr kunlari Yaponiyaga rasmiy tashrifi arafasida o`tkazilayotgan ushbu anjuman ham Kunchiqar yurtda O`zbekistonning tarixiy merosini yanada kengroq targ`ib etishni ko`zda tutadi. 

Ma`lumki, O`zbekiston va Yaponiya o`rtasidagi madaniy aloqqalar uzoq asrlarga borib taqaladi. Bugungi kunda Yaponiyadagi imperator xazinasida, bir qator ilmiy va madaniy muassasalarida, muzey va kutubxonalarda O`zbekiston bilan bog`liq yuzlab osori atiqalar saqlanmoqda.

“O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” multimedia loyihasi  doirasida o`zbek va yapon olimlari hamkorligida “Markaziy Osiyo san`ati Yaponiya to`plamlarida” kitob-albomi yuzaga keldi. O`zbek, yapon, ingliz va rus tillarida chop etilgan ushbu kitobda ikki xalq madaniy aloqalari tarixi haqida hikoya qiluvchi qiziqarli maqolalar, Yaponiyada saqlanayotgan Markaziy Osiyo, xususan O`zbekiston bilan bog`liq durdonalarni o`zida aks etirgan fotosuratlar va ma`lumotlar o`rin olgan. E`tibor loyiq jihati shundaki, kitob O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tabrik so`zi bilan boshlanadi. 

Anjumanda ushbu kitob-albom hamda undagi ma`lumotlar asosida suratgan olingan hujjatli film taqdimoti bo`lib o`tdi. Ta`kidlash joizki, yapon va o`zbek olimlari ishtirokidagi bunday yirik anjuman ilk bor o`tkazilmoqda. 

– Biz “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi doirasida dunyoning o`ndan ortiq mamlmkatida ijodiy safarda bo`ldik, - deydi O`zbekiston madaniy merosini saqlash, tadqiq etish va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi, “O`zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov. – Biz bugun Kunchiqar yurt zaminidagi uchrashuvlar chog`ida jahon miqyosida xalqimizning buyuk merosiga, shuningdek, Yangi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga qiziqish qancha yuqori ekaniga amin bo`ldik. 

Mazkur anjumanda o`zbekistonlik va yaponiyalik olimlar ham faol ishtirok etishmoqda. Ular bu kabi tadbirlar ilmiy doiralar, ommaviy axborot vositalari, jamoat arboblari, sarmoyadorlar, umuman, Buyuk ipak yo`li merosi bilan qiziquvchi barcha insonlar o`rtasidagi muloqotni jonlantirishga xizmat qilishini ta`kidlashmoqda. 

– Bugun taqdim etilayotgan kitob-albomlar chindan ham tahsinga loyiq, - deydi Kasixara Arxeologiya instituti direktorining sobiq o`rinbosari Kinosita Vataru. – Bu kitob-albomning yaralishida mening ham hissam borligidan mamnunman. Bu nashrlar orqali bizning muzeylarimizda saqlanayotgan O`zbekiston madaniy merosining ajoyib namunalari haqida ma`lumot olish mumkin. Biz bu yo`nalishdagi ishlarimizni bundan keyin ham davom ettiramiz. 

– Men madaniy meros ob`ektlarini saqlab qolishga qaratyotgan missiz e`tibori uchun O`zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoevga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman, - deydi Yaponiya imperatorlik qasri xazinasi boshqaruvining sobiq direktori Yoneda Yuske. – Mamlakatingiz katta ilmiy salohiyat va boy madaniy merosga ega. Bizning madaniy aloqalarimiz esa, juda qadimiy. Buni imperatorlik xazinasida saqlanayotgan, kelib chiqishi qadimiy O`zbekiston hududlariga borib taqaladigan arxeologik topilmalar, turli bebaho artefaktlar ham tasdiqlaydi. 

Mazkur anjuman doirasida Yaponiyaning Tokio, Kioto singari shaharlarida ham qator madaniy tadbirlar, davra suhbatlari, ko`rgazmalar o`tkazilishi ko`zda tutilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1