1

“Karnaval Kubogi”. “Paxtakor” “Nyu York”ni mag`lub etdi

Sport 05.02.2015, 12:12
“Karnaval Kubogi”. “Paxtakor” “Nyu York”ni mag`lub etdi

Italiyaning Viarejjio shaharchasida bo`lib o`tayotgan “Karnaval Kubogi”da “Paxtakor” yoshlari o`zlarining ikkinchi uchrashuvlarini o`tkazishdi. Ilhom Mo`minjonov boshchiligidagi jamoa ikkinchi turda AQSh klubi ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi. “Paxtakor” safida Xursanov dublga erishdi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.

Endi yosh “sherlar” guruh bosqichining so`nggi turida “Verona”ga qarshi o`ynashadi. “Verona” ilk turda “Nyu York”ni mag`lub (1:0) etgandi. Ikkinchi turda esa “Napoli” bilan durang (0:0) o`ynadi.

“Paxtakor” – “L.I.A.K. Nyu York”  2:1

Gollar: Xursanov 6, Daurelio 25, Xursanov 47

“Paxtakor”: Ergashev, Abdullaev, Begishev (Tolipov, 46), Sidiqov (Karimov, 63), Mirzaev, Yusupov, Nurillaev, Sidorov, Xursanov, Ibragimov (Do`smatov, 75) (Hoshimov, 81), Davlatjonov.

1-tur, 2 fevral

“Napoli” – “Paxtakor” 3:1

“Verona” – “LIAK Nyu York” 1:0

2-tur, 4 fevral

“Napoli” – “Verona” 0:0

“Paxtakor” – “LIAK Nyu York” 2:1

3-tur, 6 fevral

“Napoli” – “LIAK Nyu York”. 19:00. “Bui” stadioni

“Paxtakor” – “Verona”. 19:00. “Benelli” stadioni

Guruh jadvali:

“Napoli” - 4 ochko, “Verona” - 4, “Paxtakor” - 3, “Nyu York” - 0.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1