1

Taekvondo (WTF). Terma jamoamiz Turkiyaga yo`l oladi

Sport 09.02.2015, 14:51
Taekvondo (WTF). Terma jamoamiz Turkiyaga yo`l oladi

Shu yilning 12-15 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida Taekvondo (WTF) bo`yicha 2016 yilgi XXXI yozgi Olimpiada o`yinlarining yo`llanmalari uchun reyting ochkolar o`ynaladigan Turkiya ochiq chempionati bahslari o`tkaziladi, deya xabar beradi olamsport.com nashri.

Mazkur nufuzli musobaqada O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Kim boshchiligidagi mamlakatimiz terma jamoasi a`zolari ham sovrinli o`rinlar uchun kurash olib boradilar. 

Terma jamoamiz tarkibidan Jasur Boyqo`ziev, Dmitriy Shokin, Maksim Rafalovich, Nikita Rafalovich, Dilobar Saydullaeva, Natalya Mamatova, Vladislav Xan, Dildora Elieva, Ra`no Baybataeva, Valentin Xegay, Go`zal Narbabaeva, Timurbek Uralov kabi tajribali va iqtidorli sportchilar o`rin egallashgan. 

Turkiya ochiq chempionatida, shuningdek, o`smirlar va o`spirinlar (kadetlar) o`rtasida ham musobaqalar o`tkaziladi. O`smirlar terma jamoamiz tarkibidan 12 nafar umidli sportchimiz o`rin egallagan bo`lsa, o`spirinlar o`rtasida bo`lib o`tadigan bahslarda to`rt nafar hamyurtimiz Vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1