1

Messi La ligada so`nggi 20 yil ichida jarimadan gol urgan futbolchilar orasida 4-o`ringa ko`tarildi

Sport 09.02.2015, 19:50
Messi La ligada so`nggi 20 yil ichida jarimadan gol urgan futbolchilar orasida 4-o`ringa ko`tarildi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 22-turida «Atletik» darvozasiga jarima zarbasidan gol urdi, deb xabar bermoqda «Stadion.uz»

Shu tariqa, argentinalik futbolchi Ispaniya chempionati doirasida o`zining jarimadan 12-golini urdi. Bu orqali u Rivaldodan (11 ta gol) o`tib ketdi. Undan tashqari Duda va Asunsao hisobida jarimadan urilgan 12ta gol bor.

So`nggi 20 yil ichida Messidan ko`ra La ligada jarima zarbasini to`g`ridan-to`g`ri golga aylantirganlar orasida 3 nafar futbolchi bor: Krishtianu Ronaldu va Ronaldino (ikkisi — 15 tadan) hamda Roberto Karlos (16 ta).

Eslatib o`tamiz, Messi ushbu mavsumda 21 ta o`yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 13 ta golga assistentlik qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1