1

Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda yuz berayotgan voqealar yuzasidan BAYoNOT berdi

Siyosat 08.01.2020, 21:49
Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda yuz berayotgan voqealar yuzasidan BAYoNOT berdi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda yuz berayotgan voqealar yuzasidan bayonot berdi.

O`zbekistonda Markaziy Osiyoga bevosita tutash Yaqin Sharqda yuz berayotgan voqealar alohida tashvish bilan qarshi olinmoqda.

Harbiy-siyosiy holatning yanada keskinlashishi ko`plab insonlar qurbon bo`lishiga va keng ko`lamli gumanitar falokatga olib kelishi mumkin, hayotiy muhim iqtisodiy aloqalar va kommunikasiya yo`llarini vayron qiladi, mintaqaviy va global xavfsizlikka tuzatib bo`lmas zarar etkazadi.

O`zbekiston tomoni o`ta bosiqlik tarafdori bo`lib, taranglikni kamaytirish va mintaqadagi vaziyatni mo``tadillashtirish uchun qarama qarshi tomonlarni siyosiy-diplomatik choralar ko`rishga chaqiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1