Bolg`a bilan begona mashinani urayotgan jahldor qiz YouTube yulduziga aylandi (video)

Dunyo 12.02.2015, 09:00
Bolg`a bilan begona mashinani urayotgan jahldor qiz YouTube yulduziga aylandi (video)

Internetda g`azablangan qizning begona mashinani bolg`a bilan urayotgani ask etgan rolik ommalashib ketdi, deb yozadi «Rossiyskaya gazeta». 28 yanvar kuni YouTube’ga joylangan video shu kungacha yarim million marta tomosha qilindi, deya xabar qiladi daryo.uz.

Unda qiz dastlab mashinaning old oynasini bolg`a bilan urib sindiradi, so`ng, ortga qayrilib, shiddat bilan mashinadan uzoqlasha boshlaydi, biroq birozdan so`ng yana qaytib kelib, endi yukxona, orqa oyna va faralarni parchalashga o`tadi.

Videolavha avtomobil turgan hovlidagi uylardan biri derazasidan olingan. Rolik muallifi oxiri chidab tura olmay, qizdan nima qilayotganini so`raydi, bunga javoban u:«Salom aytib qo`ymoqchiman!» — deydi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1