Vazn toifasidan qat`iy nazar dunyoning eng kuchli bokschilari – filippinlik Menni Pakyao hamda amerikalik Floyd Meyvezer o`rtasida o`tkazilishi kutilayotgan jang yuzasidan shartnoma imzolandi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.
ESPN kanali tarqatgan xabarda Pakyao shartnomaga qo`l qo`ygani aytilgan. Meyvezer tomonidan qo`yilgan ko`plab shartlar aks etgan shartnomaga Menni rozi bo`lgani to`g`risida avvalroq ma`lum qilingandi. Endi Floydning o`zi imzo qo`yishi lozim.
Tabiiyki, Meyvezerga bahona qilish uchun boshqa bahona qolmagani aniq. Ushbu jang 2 may kuni AQShning Las-Vegasda o`tishi kutilmoqda.





