Dunyoda insonlar qaysi holatlar sabab ko`proq vafot etishadi? Terrorizm tufaylimi yoki avtohalokatmi?

Salomatlik 20.01.2020, 17:48
Teglar: o`lim, kasallik
Dunyoda insonlar qaysi holatlar sabab ko`proq vafot etishadi? Terrorizm tufaylimi yoki avtohalokatmi?

Yo`q, har ikkalasi ham emas. Tibbiyotga aloqasi bo`lmagan insonlarga sog`lig`iga bo`lgan e`tiborini kuchaytirishi uchun ba`zi ma`lumotlarni taqdim etmoqchimiz, deb yozadi @allergiya. Bu kanal eng ko`p o`lim bilan yakunlanuvchi 10 ta kasallikning ro`yxatini keltirib o`tgan.

JSSTning eng so`nggi (4 yil oldingi) ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`ylab 2016 yilning o`zidagi 56,9 million nafar o`lim holatlarining yarmidan ko`pi (54%) quyidagi 10 ta asosiy sabablarga ko`ra sodir bo`lgan. Bular:

1. Yurak ishemik kasalligi

2. Insult

3. O`pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (XOBL)

4. Pastki nafas yo`llari respirator infeksiyalari

5. Alsgeymer (ruhiy kasallik)

6. O`pka, traxeya, bronxlardagi saraton kasalligi

7. Diabet

8. Baxtiz yo`l-transport hodisalari

9. Diareya

10. Sil (tuberkulyoz)

Kardiolog shifokorlarning bemorlari har doimgidek dastlabki ikki o`rinni band qilgan. Yurak ishemik kasalligi va insult 15 milliondan ortiq odamning hayotiga zomin bo`ldi. 15 yil davomida ushbu kasalliklar butun dunyo bo`ylab odamlar o`limining eng muhim sabablari bo`lib kelmoqda.

Surunkali obstruktiv o`pka kasalligi (XOBL) 3 million kishining hayotiga zomin bo`lgan. O`pka saratoni (shuningdek traxeya va bronxlar saratoni) 1,7 million kishining o`limiga sabab bo`ldi. Raqamlar o`sgan. 

2016 yilda qandli diabet 1,6 million odamni qurbon qilgan bo`lsa, 2000 yilda bu ko`rsatkich, 1 millionni tashkil etgan edi. Aqliy zaiflik tufayli o`limlar soni 2000 yildan 2016 yilga qaraganda ikki baravar ko`paydi va bu kasallik o`limning eng ko`p tarqalgan beshinchi sababi bo`ldi.  

Eng xavfli yuqumli kasalliklar hozircha pastki nafas yo`llarining infeksiyalari bo`lib qolmoqda. 2016 yilda ular 3 milliondan ortiq odamning hayotiga zomin bo`ldi. Diareya kasalliklaridan o`lim darajasi 2000 yildan 2016 yilgacha deyarli 1 millionga kamaydi, ammo 2016 yilda 1,4 million odamning o`limiga olib keldi. Bu katta raqam. Xuddi shu davrda sil kasalligidan vafot etganlar soni xam kamaydi, ammo kamayish holati ham 1,3 million holatda o`limga olib kelgan.  

OITS bilan kasallanganlar kamaymoqda

Aytgancha, endi OIV/OITS o`limning eng ko`p uchraydigan 10 sababi ro`yxatida yo`q. Odamlar OITS bilan avvalgi yillarga nisbatan kam kasallanmoqda. 2016 yilda bu kasalliklardan 1 million kishi vafot etgan bo`lsa, 2000 yildagisi 1,5 million kishini tashkil qilgan edi.

Avariyalar har doimgidek bu ro`yxatda bor. Yo`l-transport hodisalari tufayli 2016 yilda 1,4 million kishi vafot etgan. Ularning har 4 tasidan 3 tasi (74%) erkaklar hissasiga to`g`ri keladi.  

Bu ma`lumotlar bilan nima demoqchimiz?

Tan olaylik, biz o`zbeklar o`z sog`lig`imizga judayam bee`tibormiz. Kasallik og`ir holatga kelsagina chopqillab qolamiz. Sog`lig`iga e`tibor beradiganlar hurmatli insonlar. Sog`liqning bor vaqtida qadriga etaylik. Kezi kelsa, Milliard dollar bilan ham qaytarib ololmaysiz. Kasallikga befarq qaramang. Shifokor hayotingizga javobgar emas! Har kimga qancha umr berilganligi yolg`iz hudoga ayon, ammo bu befarq bo`lish degani ham emas. Umr bir marta beriladi, unumli foydalanib qoling. O`zingizni ehtiyot qiling!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1