AsosiySport

“Paxtakor” Ukraina jamoasini yirik hisobda yutdi

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Antaliyadagi o`quv-yig`in mashg`uloti doirasidagi o`zining navbatdagi nazorat bahsini o`tkazdi. Bu safar Ukraina Premer-ligasining “Zarya” jamoasi yirik hisobda mag`lub etildi. “Paxtakor”ning gollari 11, 30 va 83-daqiqalarda kiritilgan. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.

Turkiya, Antaliya. Nazorat o`yini

“ZARYa” (UKRAINA) – “PAXTAKOR”  0:3

“Zarya”: Nikita Shevchenko, Evgeniy Opanasenko, Vitaliy Vernidub, Andrey Pilyavskiy(Maksim Beliy, 46), Nikita Kamenyuka, Dmitriy Xomchenovskiy (Ivan Petryak,46), Jelko Lyubenovich (Ruslan Malinovskiy, 46), Maksim Malishev (Jaba Lipartiya, 70), Aleksandr Grisay (Prins Segbefiya, 46), Aleksandr Karavaev, Filipp Budkovskiy (Andrey Totoviskiy, 66).

“Paxtakor”: Aleksandr Lobanov, Davron Hoshimov, Adnan Oraxovas, Egor Krimes, Aleksandr Merzlyakov, Sherzod Karimov, Kaxi Maxaradze, Akbar Ismatullaev, Jamshid Iskanderov, Stanislav Andreev, Igor Sergeev.

Eslatib o`tamiz, “Zarya” jamoasi Ukraina chempionatida beshinchi pog`onada bormoqda.

    Boshqa yangiliklar