1

Markaziy bank naqd pullarni inkassasiya qilinganligi uchun xizmat haqi to`lanishi to`g`risida axborot berdi

Iqtisodiyot 22.01.2020, 21:26
Markaziy bank naqd pullarni inkassasiya qilinganligi uchun xizmat haqi to`lanishi to`g`risida axborot berdi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning naqd pullarini inkassasiya qilinganligi uchun xizmat haqi to`lanishi to`g`risida Axborot berdi.

2020 yil 16 yanvarda Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba`zilarini o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblash to`g`risida”gi 30-sonli qarori qabul qilindi.

Unga asosan 2020 yil 1 martdan boshlab, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning naqd pullarini banklarga inkassasiya xizmatlari orqali etkazib berilishi bo`yicha xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi, ya`ni inkassasiya xizmatlari ko`rsatilishining tashabbuskori (xo`jalik yurituvchi sub`ekt yoki bank) tomonidan to`lanishi belgilandi.

Bunda inkassasiya uchun xizmat haqi shartnomaga asosan:

xo`jalik sub`ekti naqd pul tushumini banklarga etkazib berishda inkassasiya xizmatidan foydalanishni ma`qul ko`rib, tashabbuskor bo`lsa, buyurtmachi sifatida mijoz tomonidan;

mijozga qo`shimcha xizmat turi sifatida uning naqd pul tushumini inkassasiya xizmati orqali olib kelish bankning taklifi asosida tashkil etilsa, bank tomonidan to`lanadi.

Shuningdek, naqd pullarini banklarga inkassasiya xizmatlari orqali etkazib berilishi bo`yicha xizmat haqini bank va mijoz o`zaro shartnoma asosida kelishgan holda, birgalikda to`lashlari ham mumkin.

Xo`jalik yurituvchi sub`ektlar inkassasiya xizmatlaridan foydalanmagan holda, naqd pullarini banklarga o`zlari mustaqil ravishda topshirishlari ham mumkin va bunda naqd pullarni topshirganligi uchun banklar tomonidan haq undirilmaydi.

Shu bilan birga, mijozlar va aholi tomonidan ularga tegishli bo`lgan hisobraqamlarga kirim qilish va to`lovlar uchun banklarga topshiriladigan naqd pul mablag`lari cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1