AsosiySport

Paralimpiyachilarimiz navbatdagi musobaqalarda ishtirok etadi

Joriy yilning 18-28 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida engil atletika bo`yicha Gran-Pri turniri o`tkazilsa, 19-23 fevral kunlari Vengriyaning Eger shahrida dzyudo kurashi bo`yicha Jahon kubogi bahslari bo`lib o`tadi, deb yozadi olamsport.com nashri.

Har ikki nufuzli musobaqada ham 2016 yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o`tkaziladigan XV Paralimpiya o`yinlarining yo`llanmalari uchun reyting ochkolar o`ynaladi va mazkur musobaqalarda Vatanimiz sportchilari ham g`oliblik uchun bahslarga kirishadilar.

Dubay shahrida o`tkaziladigan Gran-Pri turnirida 5 nafar sportchimiz 400, 800 va 1500 metr masofaga yugurish hamda nayza, disk va yadro uloqtirish musobaqalarida Vatanimiz sharafini himoya qilishsa, 10 nafar sportchimiz (5 nafar erkaklar – 5 nafar xotin-qizlar) Vengriyada tashkil etiladigan Gran-Pri turniriga yo`l oladilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar