Yuridik shaxslarning aksariyati foyda solig`i to`lovchilari hisoblanishadi. Avvallari ulardanushbu soliq turi bo`yicha keyingi chorak uchun taxmin qilinayotgan foydaning uchdan bir qismi miqdorida har oylik joriy to`lovlar amalga oshirib kelingan. Ya`ni, tadbirkorlar “hali ko`rilmagan foyda”ni bo`nak tariqasida byudjetga to`lab kelishardi. Xuddi shu asosda “avans to`lovlari bo`yicha” ma`lumotnoma ham taqdim etardi.
Bu esa o`z navbatida tadbirkorlik sub`ektlarining aylanma mablag`lari band bo`lib qolishiga olib kelibgina qolmay, ortiqcha ovogarchiliklarni ham keltirib chiqarardi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga muvofiq, ushbu tartibga o`zgartirish kiritildi.
Bundan tashqari, foyda solig`i bo`yicha yuridik shaxslarning hisobot topshirish va to`lash muddatlariga ham o`zgartirish kiritildi. Ilgari, hisobot berish har chorak yakuni bo`yicha keyingi oyning 25-sanasigacha amalga oshirilar edi. Yillik hisobotlar muddatiesa 15 fevral edi.
Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi bosh inspektori Kamoliddin Sultonovning aytishicha, 2020 yil 1 yanvardan boshlab, o`tgan soliq davri yakuni bo`yicha 5 milliard so`mdan ortmagan bo`lsa, undayuridik shaxslar foyda solig`i uchun hisobot berish muddati, ya`ni chorak yakuni bo`yicha keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay to`lanadi. Ammo oylik bo`nak to`lovlari to`lanmaydi.
Agar o`tgan yil yakunlariga ko`ra, tadbirkorlik sub`ektining jami daromadlari 5 milliard so`mdan ortsa, har oyda bo`nak to`lovlari to`lanadi. Ularni to`lash muddati har oyning 23-sanasidan kechiktirmasligi belgilab qo`yildi. Biroq joriy to`lovlar uchun ma`lumotnomalar taqdim etish shart emas.
Darvoqe, ularning yillik hisobotlar topshirish muddati 2020 yildan boshlab 1 martgacha qilib belgilandi.