Markaziy bankning xabariga ko`ra, 2019 yilda banklar orqali olingan naqd pullar hajmi
68,4 foizga ko`paygan bo`lsa, kelib tushgan naqd pul mablag`lari hajmi
71,6 foizga oshdi.
Natijada muomaladagi naqd pullar miqdorining o`sishi 2019 yilda 9,4foizni tashkil etib, 2018 yil (14 foiz) va 2017 yillarga (47,2 foiz)ga nisbatan sekinlashdi.
2017 yilda oylik bank tushumlarining muomaladagi naqd pullarga nisbati 18,6 foiz bo`lgan bo`lsa, ushbu ko`rsatkich 2018 yilda 31,7 foizga
va 2019 yilda 46,6 foizga (jumladan, dekabr oyida 60,4 foizga) etdi.
Mazkur tendensiya naqdsiz hisob-kitoblarning yangi instrumentlari
va mexanizmlarining joriy etib borilishi, valyuta bozorining tobora erkinlashuvi va bankomatlar tarmog`ining kengayishi bilan bog`liq o`zgarishlar orqali izohlanadi.
Naqd pul aylanmasi hajmi dinamikasi
(2017-2019 yillarda)
trln.so`mda
