1

Piskentda 16 000 iste`molchiga “Aqlli hisoblagichlar” o`rnatish ishlari boshlab yuborildi

Iqtisodiyot 24.01.2020, 15:33
Piskentda 16 000 iste`molchiga “Aqlli hisoblagichlar” o`rnatish ishlari boshlab yuborildi

Ayni kunlarda Toshkent viloyatining Piskent tumanida jami 16 000 iste`molchini reja asosida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ga ulash va zamonaviy elektr hisoblagichlar o`rnatish ishlari boshlab yuborildi. 

Hozirga qadar tumanning jami 5 ta hududi, jumladan, Fayziobod, Mitan, Holiqberdi, Taraqqiyot, Navoiy mahalla fuqarolar yig`inlaridagi 2 150 iste`molchi zamonaviy hisoblagichlardan foydalanishni boshladi. Bu haqda “Toshkent HETK” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ta`kidlash joizki, yangi hisoblagichlar talay imkoniyatlarga egaligi bilan avvalgilaridan butkul farq qiladi, ya`ni yangi hisoblagichning ishlash funksiyalariga ko`ra unga tashqaridan ta`sir o`tkazish mumkin emas, bu o`z navbatida, ma`lumotlarni soxtalashtirishga urinishning oldini oladi. Mabodo shunday holat yuz berganda, hisoblagich darhol o`chadi va tizimga xabar jo`natadi.

Qulayligining yana bir tomoni,  hisoblagichlar elektr ta`minoti korxonasi tomonidan 10 yilda bir marotaba qiyoslovdan o`tkaziladi.  Shu bilan birga aniq hisob-kitoblarning olib borilishi orqali ta`minotchi korxona va iste`molchilar o`rtasidagi noaniq qarzdorlik masalasi o`z echimini topadi. Bu esa iste`molchiga etkazib berilayotgan elektr energiyasi ta`minotining barqarorligi, xizmat sifatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

Eslatib o`tamiz, elektr hisoblagichlarni o`rnatish ishlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag`lari hisobidan bepul amalga oshirilib, bu boradagi ishlar joriy yil yakuniga qadar viloyatning barcha tuman va shaharlarida to`liq nihoyasiga etkazilishi belgilangan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1