AsosiySport

Boks. Terma jamoamiz “Stranja” turniriga yo`l oladi

Mars Qo`chqorov boshchiligidagi O`zbekiston terma jamoasi a`zolari joriy yilning 24-28 fevral kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida o`tkaziladigan “Stranja” xalqaro turnirida ishtirok etadilar. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

66 marotaba tashkil etilayotgan mazkur musobaqada 33 davlatdan 300 nafar charm qo`lqop ustalari (erkaklar – ayollar) g`oliblik uchun bahs yuritadilar. 

Mazkur xalqaro turnirda Muborak Kamolova (-48 kg), Yodgoroy Mirzaeva (-60 kg), Shahnoza Nizomova (-75 kg) xotin-qizlar musobaqasida, Abdulla Qo`chqorov (-49 kg), Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Murodjon Axmadaliev (-56 kg), Elnur Abduraimov (-60 kg), Fazliddin G`oipnazarov (-64 kg), Isroil Madrimov (-69 kg), Elshod Rasulov (-81 kg), Rustam To`laganov (-91 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg) erkaklar o`rtasidagi musobaqada Vatanimiz sharafini himoya qiladilar.

    Boshqa yangiliklar