AsosiySport

Futbol. OChLning guruh bosqichida to`rt jamoamiz bahslarga kirishadi

Toshkentda futbol bo`yicha Osiyo chempionlar ligasining saralash uchrashuvida BAAning “Al-Jazira” klubini 2:1 hisobida engan “Bunyodkor” jamoasi guruh bosqichiga chiqdi. Shu tariqa, Osiyo chempionlar ligasining guruh bahslarida Toshkentning “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va Qarshining “Nasaf” jamoalari bahs yuritadigan bo`ldilar. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

“Paxtakor” jamoasi “V” guruhida "Naft Tehron" (Eron), "Ash-Shabob" (S.Arabistoni) va "Al-Ayn" (BAA) jamoalari bilan birga o`rin olgan bo`lsa, “Lokomotiv” jamoasi o`rin olgan “S” guruhida “As-Sadd” (Qatar), “Fulad” (Eron) va “Al-Hilol” (S.Arabistoni) klublari joylashgan. 

Poytaxtimizning yana bir jamoasi “Bunyodkor” “A” guruhida Piruzi (Eron), Lahviya (Qatar) va “Al-Nasr” (S.Arabistoni) jamoalari bilan kurash olib boradi. Qarshining “Nasaf” jamoasi esa “D” guruhida “Al-Ahli” (BAA), “Traktorsozi” (Eron), “Al-Ahli” (S.Arabistoni) bilan birga o`rin egallagan.

    Boshqa yangiliklar