Fransiyaning Marsel shahrida “Open 13” deb nomlangan tennis turnirining asosiy to`r bahslari davom etmoqda. ATP tasnifidagi ushbu nufuzli turnirning mukofot jamg`armasi 565 ming 735 evroni tashkil qiladi, deya xabar beradi olamsport.com nashri.
Xabar berganimizdek, ushbu musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etyapti. Yakkalikning ilk davrasida xorvatiyalik Borna Chorichga 4:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy bergan hamyurtimiz endi bor e`tiborini juftlikdagi ishtirokiga qaratgan.
Denis juftliklar bellashuvining ilk davrasida qozog`istonlik Andrey Golubev bilan birga Buyuk Britaniya va Avstraliya vakillari Jeymi Marrey hamda Jon Pirsni qiyinchilik bilan uch set natijasiga ko`ra 7:5, 6:7, tay-brekda 10:7 hisobida mag`lub etdi. Bugun Istomin va Golubev chorak finalga chiqish uchun chexiyalik Lukash Rosol hamda avstriyalik Dominik Tim juftligiga qarshi kortga chiqadi.





