“O`zavtosanoat” AJda 2017 yilda Intel korporasiyasi tarkibiga kirgan Isroilning Mobileye kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o`tkazildi. Bu haqda “O`zavtosanoat” matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv davomida Isroil tomoni Mobileye mahsulotlarini rivojlantirish va undan foydalanish geografiyasini kengaytirish borasidagi rejalari haqida so`zlab berdi.
E`tiborli jihati shundaki, aynan Mobileye, Intel bilan birgalikda, avtonom boshqaruvni real haqiqatga aylantirgan. Shuningdek, Mobileye haydovchiga yordam (ADAS) va avtonom boshqaruvning takomillashtirilgan tizimlari uchun vizualizasiya texnologiyalarini ishlab chiqish bo`yicha dunyoda etakchi sanaladi. Bundan tashqari, 2016 yilda Tesla Motors haydovchisiz avtomobillar ishlab chiqarishda Mobileye kompaniyasi mahsulotidan foydalanishni boshladi.