AsosiyIqtisodiyot

Xitoydagi dahshatli virus oltin narxiga ham ta`sir ko`rsatdi

'Xitoydagi dahshatli virus oltin narxiga ham ta`sir ko`rsatdi'ning rasmi

Xitoydagi yangi koronavirus oltin narxiga ham ta`sir ko`rsatdi: qimmatbaho metallning qiymati olti yil ichida kuzatilgan eng yuqori darajaga ko`tarildi. “MarketWatch” ma`lumotlariga ko`ra, bu kasallik boshqa mamlakatlarga tez tarqalishi mumkin degan qo`rquv bilan bog`liq. Shu sababli sarmoyadorlar xavfli aktivlarni emas, balki xavfsiz investisiyalarni jamg`arishni afzal ko`rishmoqda, deb yozadi. Aniq.uz.

Demak hozirda oltin unsiyasining narxi 1582,2 dollargacha ko`tarildi, bu 2013 yil aprel oyidan beri eng yuqori ko`rsatkich. Kumushning narxi 0,5 foizga oshdi – bir unsiya uchun 18,2 gacha.

Virusning tez tarqalishi haqidagi xavotirlar jahon bozorlariga sezilarli darajada ta`sir ko`rsatdi. Misol uchun kuchli pasayish Shanxay fond birjasida qayd etildi – Shanxay kompozit indeksi 2,8 foizga tushdi. Evropaning «Stoxx 600» indeksi 1,83 foizga, Yaponiyaning «Nikkei 225» indeksi 2,03 foizga pasaydi. 

«S&P Global Ratings» ma`lumotlariga ko`ra, virusning tarqalishi Xitoyda iste`mol xarajatlarining pasayishiga olib keladi. Ushbu sektor mamlakatdagi iqtisodiy o`sishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Boshqa yangiliklar