1

Qariyalar uyida yashayotganlardan pensiya pullari olib qo`yiladimi?

Savol-javob 31.01.2020, 15:50
Qariyalar uyida yashayotganlardan pensiya pullari olib qo`yiladimi?

— Qariyalar uyida yashayotganlardan pensiya pullari olib qo`yiladimi?

O.Ya., Farg`ona viloyati Kirgili tumani

Farrux SULAYMONOV, Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi apparati bo`lim boshlig`i o`rinbosari:

“Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi Qonunning 60-­moddasida Qariyalar va nogironlar internat uylarida (pansionatlarida) yashovchi yolg`iz pensionerlarga pensiya bilan ular ta`minoti uchun sarf­xarajat o`rtasidagi farq, lekin tayinlangan pensiyaning kamida 10 foizi, urush nogironlariga esa kamida 20 foizi to`lanishi belgilangan. Qariyalar va nogironlar internat uylarida (“Saxovat” va “Muruvvat” uylarida) yashovchi shaxslarning pensiya yig`majildlari ushbu muassasalar joylashgan hududdagi Pensiya jamg`armasining bo`limida saqlanadi. Ushbu shaxslarga pensiyalar belgilangan tartibda Pensiya jamg`armasi bo`limi tomonidan to`lanadi           

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1