— 3 yil oldin uyimning kadastr hujjatlarini qilib, farzandlarimga hadya qilganman. Buni notariusdan ham o`tkazganman. Lekin men hovlini ikkiga bo`lib bermoqchi edim. Kadastr bo`limiga murojaat qilsam, “1 mln. so`mdan ortiq to`lov to`laysiz”, deyishdi. Tayyor kadastr hujjatini ikkiga ajratish uchun ham yana qayta to`lov qilamanmi?
Abduqodir Mavlonov, Farg`ona viloyati Quvasoy shahri
“NARX NIZOMGA MUVOFIQ BELGILANADI”
F.NIYoZOV, Farg`ona viloyat “Ermulkkadastr” davlat korxonasi raxbari:
— Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko`chmas mulk ob`ektlariga bo`lgan huquqlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish tartibi to`g`risida Nizom”ning 9-bandida Kadastr yig`majildini birlamchi shakllantirishda ko`chmas mulk ob`ektlari davlat ro`yxatidan o`tkazuvchi organ tomonidan joyga chiqib xatlovdan o`tkazildi. Kadastr yig`majildini shakllantirish natijalari bo`yicha kadastr pasporti beriladi.
Kadastr pasportini berish tartibi va shakli O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi tomonidan belgilanadi.
10-bandida Ko`chmas mulk ob`ektiga bo`lgan huquq turi yoki egasi o`zgarganda, kadastr yig`majildi faqat ko`chmas mulk ob`ekti mulkdorining so`roviga ko`ra shakllantiriladi, deb belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi “Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo`yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi 186-sonli qarori “kadastr ishini yangilash zarurati yuzaga kelganda yangi tashkil qilingan (rekonstruksiya qilingan) ko`chmas mulk ob`ektlari xatlovdan o`tkaziladi va ularning narxi mazkur Nizomga muvofiq belgilanadi”, deb yozilgan.
Yuqoridagilarga ko`ra, uy-joyni begonalashtirilgandan so`ng kadastr yig`ma jildini yangi mulkdorni nomiga rasmiylashtirilishida Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi “Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo`yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi 186-sonli qarori bilan hamda “O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi 679-sonli qarori bilan “Kadastr ishini yangilash zarurati yuzaga kelganda yangi takshil qilingan (rekonstruksiya qilingan) ko`chmas mulk ob`ektlari xatlovdan o`tkaziladi va ularning narxi mazkur Nizomga muvofiq belgilanadi”, deb o`zgartirilgan.
Sadoqat ALLABERGANOVA