AsosiyIqtisodiyot

Bank va mijoz munosabatlari yangi bosqichga olib chiqiladi

'Bank va mijoz munosabatlari yangi bosqichga olib chiqiladi'ning rasmi

Bank tizimida transformasiya jarayonini amalga oshirish bo`yicha qo`yilayotgan yangi vazifalarning tub mohiyatini sohaning barcha bo`g`inlaridagi xodimlarga to`laqonli tushuntirish va etkazish, shuningdek, bu boradagi ishlarni joylarda sifatli tashkil etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o`rinbosarlari ishtirokida mamlakatimiz hududlarida ishchi yig`ilish, uchrashuv va seminarlar o`tkazilmoqda. Bu haqda Markaziy bank Matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur tadbirlarda banklarning faoliyatini zamon talablariga mos holda tashkil etish, mavjud muammolarni bartaraf qilish, yangi bank xizmatlarini joriy etish, mijozlar uchun bank xizmatlarini ko`rsatishda qulayliklar yaratish va ommabopligini ta`minlash kabi masalalar soha xodimlari bilan birgalikda muhokama etildi.

Tijorat banklari faoliyatini optimallashtirish, chakana bank xizmatlarini ko`rsatishni standartlashtirish va universallashtirish, ya`ni mijozlarga bir vaqtning o`zida barcha standart bank xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha qulayliklarni joriy etishga alohida e`tibor qaratildi.

Shu bilan birga, muhokamalarda banklar tomonidan moliyalashtirilayotgan investision loyihalarni ishga tushirish jarayonlarini tezlashtirish, ilgari ajratilgan kreditlarning o`z vaqtida qaytarilishini ta`minlash hamda ushbu resurslarni eng samarali loyihalarga yo`naltirish va bunda asosiy e`tiborni ishlab chiqarish jarayonlarini aylanma mablag`lari bilan ta`minlash vazifalariga qaratishga kelishib olindi.

Uchrashuvlardan so`ng Markaziy bank ishchi guruhi viloyatlarda tashkil etilgan bank xizmatlari markazlariga borgan holda, u erdagi sharoit bilan yaqindan tanishib, ushbu yo`nalishdagi ishlarning qulay tarzda tashkil etilishi uchun yana nimalarga e`tibor qaratilishi zurur ekanligi borasida tijorat banklari rahbarlari bilan fikr almashishdi.

 

    Boshqa yangiliklar