Toshkentning “Lokomotiv” klubi sobiq futbolchisiga aylangan Aleksandr Geynrix Qozog`istonning “Ordabasi” jamoasiga o`tdi. “Ordabasi” jamoasi Geynrixni erkin agent sifatida o`z safiga qo`shib olgan. Bu haqda olamsport.com xabar beradi.
Eslatib o`tamiz, Aleksandr Geynrix faoliyati davomida mamlakatimizning “Do`stlik”, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, shuningdek, Rossiyaning SSKA, “Torpedo”, Janubiy Koreyaning “Suvon Samsung Blyuvings”, BAAning “Emireyts” hamda Qozog`istonning “Aktobe” jamoalari sharafini himoya qilgan.





