Bugun, 2 mart kuni bokschilarimiz “Stranja” turniridan qaytishdi. Xabar berganimizdek, Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida bo`lib o`tgan boks bo`yicha an`anaviy “Stranja” xalqaro turnirida O`zbekiston terma jamoasi charm qo`lqop ustalari 6 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo`lga kiritishgan edi.
Bugun erta tongda terma jamoamiz delegasiyasi o`z tarixida 66-bor tashkil etilgan mazkur xalqaro turnirdan yurtimizga qaytib keldi. Finalda ishtirok etgan Fazliddin G`oibnazarov ozarbayjonlik raqibi Lorenso Sotomayorga imkoniyatni boy berib qo`ydi. Elshod Rasulov esa jarohat sabab ringga chiqmadi va tabiiyki, g`alaba bolgariyalik bokschiga taqdim etildi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.
FINAL JANGLARI NATIJALARI
49 kg. ABDULLA QO`ChQOROV (O`zbekiston) – David Alaverdian (Isroil) 2:1
52 kg. ShAHOBIDDIN ZOIROV (O`zbekiston) – Jek Beytson (Angliya) 3:0
56 kg. MURODJON AHMADALIEV (O`zbekiston) – Janbolat Tilegenulu (Qozog`iston) 3:0
60 kg. Samvel Barsegyan (Armaniston) – Elvin Isaev (Ozarbayjon) 1:2
64 kg. FAZLIDDIN G`OIBNAZAROV (O`zbekiston) – Lorenso Sotomayor (Ozarbayjon) 0:3
69 kg. Semyon Chamov (Belarus) – Yarovlav Samofaylov (Bolgariya) 1:2
75 kg. BEKTEMIR MELIQO`ZIEV (O`zbekiston) – Mishel Orielli (Irlandiya) 3:0
81 kg. ELShOD RASULOV (O`zbekiston) – Radoslav Pantaleev (Bolgariya) -:+
91 kg. RUSTAM TO`LAGANOV (O`zbekiston) – Gevorg Manukyan (Ukraina) 3:0
+ 91kg. BAHODIR JALOLOV (O`zbekiston) – Kamshibek Kunkabaev (Qozog`iston) birinchi raundda texnik nokaut
Finalda eng ko`p ishtirokchiga ega bo`lgan O`zbekiston terma jamoasi yakunda ham umumjamoa hisobida birinchi o`rinni egalladi. Kuchli uchlikdan Ozarbayjon va Bolgariya terma jamoalari joy olishdi.





