"Trastbank" tomonidan Toshkent shahrining bir qator valyuta ayirboshlash shoxobchalarida xorijiy pul sotish amaliyotlari tashkil etildi. Bu haqda bankning rasmiy veb-sayti orqali xabar berildi.
Joriy yilning 7 fevralidan boshlab, “Beshqayrag`och”, “Qatortol”, “Bektemir”, “Sayram”, “Buyuk Ipak yo`li”, “Next”, “Daxbed”, “Yangibozor va “Sardoba” bank xizmatlari markazlarida joylashgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotuv amaliyoti joriy etilganini ma`lum qilamiz.