Bugungi kunda avj olayotgan koronavirus sababli ko`pgina avtomobil ishlab chiqaruvchilarda Xitoyda ishlab chiqariladigan ehtiyot qismlarni etkazib berilishida muammo yuzaga kelgani sababli o`z zavodlarida ishlab chiqarishni vaqtincha to`xtatib qo`ygan.
Ushbu favqulodda vaziyat tufayli, “Chevrolet Equinox” avtomobilining etkazib berilishi ham mintaqadagi epidemiya bilan bog`liq vaziyat o`zgarmagunga qadar kechiktirilishi mumkin.
Chevrolet Equinox avtomobilini sotib olish uchun shartnoma pulini to`lagan va avtomobil etkazib berilishi qayta tiklanishini kutishni istamagan mijozlar belgilangan tartibda to`langan summani qaytarib olishlari mumkin. Shuningdek, “UzAuto Motors” dilerlik markazlaridan boshqa har qanday avtomobilni sotib olish uchun shartnomani almashtirishlari mumkin bo`ladi.
Eslatib o`tamiz, “Chevrolet Equinox” avtomobili uchun shartnomalar 2019 yilning 27 dekabridan e`tiboran kuni “UzAuto Motors” kompaniyasining O`zbekistondagi barcha dilerlik do`konlarida boshlangan.