1

Islom Karimov Samarqand viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuv o`tkazdi

Jamiyat 03.03.2015, 11:25
Islom Karimov Samarqand viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuv o`tkazdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 2 mart kuni Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashdi, deya xabar beradi O`zA nashri.

Uchrashuvni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi raisi Ya.Allayorov ochdi. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov uchrashuvda nutq so`zlab, o`z saylovoldi dasturining asosiy yo`nalishlariga e`tiborni qaratdi. 

Dasturda mamlakatimiz taraqqiyotining eng asosiy o`nta yo`nalishi belgilab berilgan. Jumladan, barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o`rin egallash, aholi farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyotni tarkibiy o`zgartirish va raqobatbardoshligini oshirish, ishbilarmonlik va tadbirkorlik uchun yanada keng yo`l ochib berish, davlatning iqtisodiyotdagi ulushini qayta ko`rib chiqish, ekin maydonlarini optimallashtirish va erlarning hosildorligini oshirish, fermerlik harakatini yangi bosqichga ko`tarish, mahalliylashtirish dasturlarini kengaytirish, investisiyaviy muhitni yanada yaxshilash va eksportni ko`paytirish, aholi bandligini ta`minlash, barcha davlatlar bilan o`zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash kabi muhim yo`nalishlar qamrab olingan. 

Mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari hududlar misolida ham yaqqol namoyon bo`lmoqda. Buni Samarqand viloyatida amalga oshirilgan beqiyos bunyodkorlik ishlarida ham ko`rish mumkin. Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyi, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali bu qadim zamin shuhratini dunyo uzra yanada keng yoydi. 

Bugun viloyat iqtisodiyoti barqaror rivojlanib, aholi turmush darajasi yuksalib bormoqda. Samarqand avtomobil zavodi, “JV MAN AUTO UZBEKISTAN”, “SamAntepgilam”, “Sino”, “8 Mart” kabi yirik sanoat korxonalarida ishlab chiqarish hajmi ortmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, qishloq xo`jaligi, turizm sohalari izchil taraqqiy etmoqda. 

“Nuroniy” jamg`armasi Samarqand viloyati bo`limi raisi H.Normurodov, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti magistranti, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori U.Jo`raeva va boshqalar “o`zbek modeli” samarasida mamlakatimiz har tomonlama rivojlangan davlatga aylangani, odamlarning turmush darajasi, yoshlarning dunyoqarashi va madaniyati tobora yuksalib borayotganini faxr bilan qayd etdi. Prezident sayloviga tayyorgarlik, uni o`tkazish bilan bog`liq jarayonlar milliy qonunchiligimiz va xalqaro demokratik tamoyillarga to`la mos ravishda o`tayotganini ta`kidladi. Saylovchilarni 29 mart kuni bo`ladigan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1