AsosiyIqtisodiyot

Energetika vazirligida Singapur bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

'Energetika vazirligida Singapur bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida 2020 yil 7 fevralda Singapur Respublikasining savdo va sanoat bo`yicha katta davlat vaziri Kun Ko Po boshchiligidagi delegasiyasi bilan muzokaralar o`tkazildi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

Uchrashuvda Singapur Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Zulfiqli Baxaruddin ishtirok etdi.

O`zbekiston tomonidan muzokaralarda shuningdek «O`zkimyosanoat» AJ rahbariyati a`zolari ham ishtirok etdi. 

Tomonlar Singapur kompaniyalari ishtirokida O`zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni hamda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Xususan, hozirgi paytda «Indorama» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Qo`qon superfosfat zavodi» AJ ni yanada modernizasiya qilish va mavjud quvvatlarini kengaytirish bo`yicha loyihani amalga oshirilishi davom ettirilmoqda. Singapur kompaniyasining investisiyaviy majburiyatlari $67mln.ni tashkil etadi. Birinchi bosqichda superfosfat ishlab chiqarish quvvatlarini 350 ming tonnaga etkazish, ikkinchi bosqichda – zavod tomonidan o`g`itlarning yangi turlarini ishlab chiqarish konsepsiyasini tayyorlash rejalashtirilgan.

Shuningdek «Indorama» kompaniyasi paxtachilik-to`qimachilik sohasiga faol investisiyalar yo`naltirmoqda va boshqa istiqbolli loyihalarda ishtirok etish masalalarini ishlab chiqmoqda. 

Singapur tomoni Singapur xususiy biznesining quyosh elektrstansiyalarini qurish bo`yicha loyihalarda ishtirok etishdan manfaatdorligini ta`kidladi. 

Muzokaralar davomida tomonlar o`rtasida energetika va kimyo tarmog`idagi istiqbolli loyihalarni, xususiylashtirish ob`ektlarini o`rganish, shuningdek O`zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni, shu jumladan, Singapur tajribasidan foydalangan holda, tashqi bozorda sotish bo`yicha kelishuvlarga erishildi. 

    Boshqa yangiliklar