O`zbek olimlari tomonidan migren kasalligini tashxislash usuli ixtiro qilindi

Salomatlik 06.03.2015, 11:51
O`zbek olimlari tomonidan migren kasalligini tashxislash usuli ixtiro qilindi

O`zbek tibbiyot xodimlari migren kasalligini tashxislash usulini ixtiro qilishdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy sayti xabar beradi.

Ushbu tashxis usuli tibbiyot, xususan aynan, nevrologiya, bosh miya tomirlari anomaliyasi bilan hamda anomaliyasisiz kechadigan migrenni tashxislashda foydalanishga mo`ljallangan. Uning vazifasi migren kasalligi bilan kasallangan bemorlarga to`g`ri tashxis qo`yish va keyinchalik bosh miya tomirlari anomaliyasi holatida davolashga yordam beradigan bosqichma-bosqich tashxislash usulini yaratishdan iborat.

Mualliflar ushbu tashxis usuliga patent olish uchun talabnoma topshirdilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1