AsosiyJamiyat

Xizmat avtomashinasi bilan bog`liq yo`l-transport hodisasiga munosabat

'Xizmat avtomashinasi bilan bog`liq yo`l-transport hodisasiga munosabat'ning rasmi

Joriy yilning 13 fevral kuni ko`plab ijtimoiy tarmoqlarda “Xizmat avtomashinasi bilan bog`liq yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi” sarlavhasi ostidagi videotasvirlar e`lon qilingan edi. Voqea haqida O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati to`liq ma`lumot berdi.

Joriy yilning 12 fevral kuni soat 11:20 larda Mirobod tumani, Yangi qo`yliq ko`chasida, Zangiota tumanida yashovchi A.X. “Labo” rusumli transport vositasini boshqarayotib, Yuqorichirchiq tumanida yashovchi U.T. boshqaruvida bo`lgan “Uaz” rusumli transport vositasi chorrahada, svetoforning taqiqlovchi qizil chirog`ida to`xtab turgan vaqtida ortidan borib urilgan. Shundan so`ng, S.Sh. boshkaruvida bo`lgan “Lasetti” rusumli transport vositasi “Labo” rusumli transport vositasining ortidan urilib, to`qnashuv sodir bo`lgan.

To`qnashuv natijasida, “Labo” rusumli transport vositasi haydovchisi A.X. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.  

 

 

    Boshqa yangiliklar