Rossiyaliklarning faqat 42 foizi dunyoda koronavirus tahdidi yuqori, deb hisoblaydi. “Ipsos “tadqiqot markazi dunyodagi 8 ta davlatda o`tkazgan so`rov natijalari shundan daoloat bermoqda.
Virus tarqalishidan eng ko`p Yaponiyada (66 foiz), Avstraliya (61 foiz) va AQShda (55 foiz) xavotir olishmoqda.
Koronavirus tahdidi yuqori deb hisoblaydigan respondentlar soni Kanada,Buyuk Britaniya va Germaniyada 42 dan 47 foizgachani tashkil etgan.
So`rovda ishtirok etganlarning deyarli yarmi koronavirus tarqalishiga chek qo`yilgan va yaqinda yakunlanadi degan fikrga qo`shilmagan.Buyuk Britaniyadagi respondentlarning 55 foizi vaziyat yaqin orada izga tushishiga ishonmagan.
Bugunga qadar koronavirus keltirib chiqargan xastalikdan eng ko`p odam vafot etgan joy bu ushbu virus ilk tarqalgan hudud – Xitoyning Xubey provinsiyasi bo`lib turibdi. U erda 1300 nafardan ko`proq odam koronavirus tufayli vafot etgan. Xitoyning materikli qismidan tashqarida ikki nafar odam Gonkong va Filippinda vafot etgandi, endi ushbu hududlar safiga Yaponiya ham qo`shildi.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreesus Jenevada o`tkazilgan brifing davomida so`nggi haftada Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni barqaror ravishda kamaygani va har kuni bir xil darajada turganini ma`lum qilgan. Gonkong rasmiylari koronavirus kanalizasiya quvurlari orqali ham tarqalishi mumkinligini taxmin qildi.
Shuningdek, Gonkong hukumati koronavirus tarqalishi sababli maktab ta`tilini 16 martgacha uzaytirdi.