Bugun, 12 mart kuni mamlakatimizning 4 ta stadionida futbol bo`yicha O`zbekiston 24-milliy chempionatining 1-turi doirasidagi uchrashuvlar bilan yangi mavsumga start beriladi. OChLda ishtirok etayotgan 4 ta jamoamiz aynan bugun o`z o`yinlarini o`tkazishadi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar qiladi.
Toshkentda “Paxtakor” – “Olmaliq” va “Bunyodkor” – “Buxoro” o`yinlari o`tkazilsa, Bekobodda “Metallurg” “Lokomotiv”ni qabul qiladi. “Andijon” esa Qarshida “Nasaf” mehmoni bo`ladi.
Oliy liga
12 mart (payshanba)
“Paxtakor” – “Olmaliq” 14:00
“Metallurg” – “Lokomotiv” 15:00
“Nasaf” – “Andijon” 18:00
“Bunyodkor” – “Buxoro” 18:30
14 mart (shanba)
“Neftchi” – “Sho`rtan” 15:00
“Navbahor” – “Mash`al” 16:00
“Dinamo” – “Qo`qon-1912” 16:00
“Qizilqum” – “So`g`diyona” 17:00





