AsosiySiyosat

Hukumat tarkibida o`zgarish: Jamshid Qo`chqorov va Botir Xo`jaev lavozimidan olindi, shuningdek...

'Hukumat tarkibida o`zgarish: Jamshid Qo`chqorov va Botir Xo`jaev lavozimidan olindi, shuningdek...'ning rasmi

Kecha, 24 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida yig`ilish o`tkazildi. Unda hukumat tarkibida kadrlar almashinuvi amalga oshirilgan. Xususan:

* Jamshid Qo`chqorov Moliya vaziri lavozimidan olingan hamda endilikda u Botir Xo`jaev o`rnida Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga bosh vazir o`rinbosari lavozimini ham saqlab qolgan. 

*  Moliya vazirining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Timur Ishmetov Moliya vaziri lavozimiga tayinlandi.

* Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Botir Xo`jaev endilikda Bosh vazirning sanoat va kooperasiya masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, Tashqi ishlar vaziring birinchi o`rinbosari bo`lib ishlab kelayotgan Ilhom Ne`matov vazir o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Uning o`rniga birinchi o`rinbosar lavozimiga Farhod Arziev munosib ko`rilgan.

“darakchi.uz” manbasining xabar berishicha, Aripov boshchiligida bo`lib o`tgan mazkur yig`ilishda shu kabi boshqa yana bir nechta kadrlar almashinuvi amalga oshirilgan. 

    Boshqa yangiliklar