AsosiyJAMIYAT

Andijonda darsga kelmagan o`quvchilardan jarima undirilib, kamiga o`quvchi o`qituvchining elkasini uqalamoqda... (Video)

Andijon shahar 1-o`rta maktab. Kechga qolgan o`quvchidan 2000 so`m, darsga kelmaganlardan...

'Andijonda darsga kelmagan o`quvchilardan jarima undirilib, kamiga o`quvchi o`qituvchining elkasini uqalamoqda... (Video)'ning rasmi

Andijon shahar 1-o`rta maktab. Kechga qolgan o`quvchidan 2000 so`m, darsga kelmaganlardan 10 000 so`m jarima puli undirilar ekan. Kamiga darsda o`qituvchini qo`llarini, elkalarini uqalash majburiyati ham bor ekan. 

Bu haqda "Muxbir Daliev" telegram kanalida xabar berildi:

"Dod deysanmi, voy deysanmi?.. Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov siz anunda bolalarni pul topishga o`rgatish kerak deganmidiz. 1-maktab o`qituvchilari bu borada trening o`tib beradi. Xullas, vazir va boshqa mutasaddi rahbarlar, uyalinglar. Minbarga chiqvolib balandparvoz nutq irod qilguncha, mavjud tizimni o`nglasalaring bo`lardi..."

Boshqa yangiliklar