AsosiyJAMIYAT

Alisher Shodmonov: “Vazirlikda turkiyalik maslahatchi o`z faoliyatini boshlaydi” (Video)

Joriy yil 19-20 fevral kunlari mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiya Respu...

'Alisher Shodmonov: “Vazirlikda turkiyalik maslahatchi o`z faoliyatini boshlaydi” (Video)'ning rasmi

Joriy yil 19-20 fevral kunlari mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiya Respublikasiga tashrifi doirasida ko`plab sohalar qatori, tibbiyot yo`nalishida ham muhim va tarixiy kelishuvlarga erishildi.

Jumladan, turkiyalik mutaxassis O`zbekiston sog`liqni saqlash vaziri maslahatchisi lavozimiga tayinlanadigan bo`ldi. U tibbiyot tizimimizni isloh qilish, moliyaviy menejment, tibbiy sug`urta, tizimda davlat xususiy sheriklik, autsorsing va raqamlashtirishni joriy etish masalalarida faoliyat olib boradi.

Bundan tashqari, tibbiyot fanini yanada rivojlantirish va kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorlikka ham alohida e`tibor qaratildi. Ta`kidlash joizki, o`tgan yili Buxoro davlat tibbiyot institutida Turkiyaning nufuzli oliy o`quv yurti bilan hamkorlikda xalqaro fakultet tashkil etilib, 131 nafar talaba o`qishga qabul qilingan edi. Hozirda ham bunday qo`shma ta`lim dargohlarini ko`paytirish, hududlarda tibbiyot darajasini yanada oshirish va aholini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, tibbiy turizmni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Jumladan, kadrlar tayyorlash bo`yicha Turkiyaning qator nufuzli ta`lim muassasalari, masalan, Salomatlik bilimlari universiteti, Medipol universiteti hamda yana bir yirik – “Bahchishehir” (BAU) oliy o`quv yurtining mamlakatimizda filiallari va klinikalarini tashkil etish, ular bilan ko`plab qo`shma loyihalarni amalga oshirish bo`yicha bir qancha kelishuvlarga erishildi.

Tibbiyot sohasida biz uchun yana bir muhim yo`nalish – aholini arzon va sifatli dori-darmon bilan ta`minlashni yanada yaxshilash maqsadida Turkiyaning “Ko`chak farm” va “Poli farm” kompaniyalari bilan shartnoma imzolandi. Kelgusida ushbu kompaniyalar bilan onkologik va gematologik kasalliklarda muhim bo`lgan dorilarni yurtimizda ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning “O`zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusi orqali batafsil bilib olishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar