1

Futbol bo`yicha Evro-2020 bekor qilinishi mumkin

Sport 26.02.2020, 15:52
Futbol bo`yicha Evro-2020 bekor qilinishi mumkin

Evro-2020 koronavirus tufayli bekor qilinish yoki qoldirilish xavfi ostida.

Bu haqda Rai Radio 1 Sport telekanalida efirga uzatildi. "Hozir biz kutish bosqichidamiz va har bir mamlakatdagi vaziyatni kuzatmoqdamiz. Futbol muayyan davlatlardagi sharoitlarga moslashishi kerak. Bekor qilmaslikka harakat qilamiz, vaziyat yomonlashgandagina sport to`xtatiladi" - dedi UEFAning vise-prezidenti Mishel Uva.

Turnir o`yinlarining bir qismi Rimda o`tkazilishi kerak. Ayni paytda Italiyada koronavirusdan oltita o`lim qayd etilgan va 200 dan ortiq odamda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Mamlakatda favqulodda holat e`lon qilingan.

Avvalroq, A Seriyaning 25-tur "Inter" - "Sampdoriya", "Atalanta" - "Sassuolo", "Verona" - "Kalyari» va "Torino" - "Parma" uchrashuvlari qoldirilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1