2020 yil 28 fevral kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi ish boshladi.
Yalpi majlisda hukumat a`zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bormoqda.
Yalpi majlisda Senat a`zolari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq sohalarida islohotlarni izchil davom ettirish, mahalla va oila institutini mustahkamlash, bola huquqini himoya qilish bilan bog`liq bir qator qonun hujjatlari va muhim masalalarni muhokama etish nazarda tutilmoqda.
Yalpi majlis ishini Oliy Majlis Senatining veb-saytida va ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida kuzatib borish mumkin: