Amerikalik mashhur aktyor Mikki Rurk shu yilning yozida professional ringda yana jang o`tkazishni rejalashtirmoqda, deya yozadi olamsport.com nashri.
62 yoshli Rurkning agenti Vadim Kornilov bu ma`lumotni tasdiqladi. Lekin hozircha jangning aniq sanasi, manzili va raqib nomi ma`lum emas.
Eslatib o`tamiz, o`tgan yilning noyabr oyida Mikki Rurk 20 yillik tanaffusdan ilk bor so`ng jang o`tkazib, amerikalik Elliot Seymurni ikkinchi raundda nokaut bilan mag`lub etgan edi.





