1

Endi internet orqali Orolga daraxt ekishingiz mumkin

Hi-tech 28.02.2020, 17:37
Endi internet orqali Orolga daraxt ekishingiz mumkin

"O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo`yi xalqaro innovasiya markazi tomonidan “Oroldagi bog`im“ — “My garden in the Aral Sea” agro va ekoturizm innovasion loyihasi bo`yicha www.aralforest.org sayti ishga tushirildi. Orolbo`yi xalqaro innovasiya markazi tomonidan 2020 yilda loyiha doirasida 100 ming tup daraxt ekish mo`ljallanmoqda. Daraxtlarni ekishda suvni tejaydigan texnologiyalar qo`llaniladi. Agar siz mazkur jarayonda qatnashishni istasangiz-u, ammo Orolbo`yiga borishga imkoningiz bo`lmasa, mazkur loyihada ishtirok etib, qurigan Orol dengizi tubini bog`, daraxtzorga aylantirish imkonini qo`ldan boy bermang!"

O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1