Mamlakatimizning eng tajribali mutaxassislaridan biri, "Lokomotiv" jamoasining bosh murabbiyi Vadim Abramov Toshkentdagi shifoxonalarning biriga yotqizildi.
Sports.uz internet portalining "Lokomotiv" professional futbol klubidagi manbasining ma`lum qilishicha, 52 yoshli mutaxassis ko`krak sohasidagi og`riqdan shikoyat qilgan va zudlik bilan shifoxonaga joylashtirilgan. Ayni paytda Vadim Abramov mikroinfarktni boshidan o`tkazgani aytilmoqda.





