Ozodbek Nazarbekov o`zbekistondan o`g`irlangan san`at asarlarini qaytarishni boshladi

Madaniyat 04.03.2020, 12:15
Ozodbek Nazarbekov o`zbekistondan o`g`irlangan san`at asarlarini qaytarishni boshladi

 Madaniyat vazirligi 1991 yildan to shu kunga qadar mamlakatimizdan  o`g`irlab ketilgan san`at asarlari va me`moriy obidalar parchalarini mamlakatga qaytarib olish jaraënini boshladi. Bu haqda Milliy matbuot markazi xabar bermoqda.

Asarlarni qaytarish eng avvalo Farg`ona viloyat O`lkashunoslik muzeyidan o`g`irlanib Londonda kim oshdi savdosiga qo`yilgan rassom Aleksandr Volkov asaridan boshlanagan. Aleksandr Volkov mazkur asarni 1932 yilda yaratgan va “Jo`xorizor shovqini” deb nomlagan. Asar Londondagi MakDugalls auksioniga qo`yilgan bo`lgan. Aytilishicha, O`zbekiston davlat muzeyidan o`g`irlanib AQShda savdoga qo`yilgan XIX-XX asrlarga tegishli so`zanani ham qaytarish jaraëni boshlangan. Bu so`zana almashtirib qo`yilgan bo`lgan. O`g`irlangan san`at asarlarini O`zbekistonga qaytarish bo`yicha harakatlar Ozodbek Nazarbekov vazir bo`lganidan so`ng boshlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1